16:34 / 20.05.2015
2030

O‘zbekistonda bolalar o‘limi holatlari 2 barobar qisqardi

2002-2013 yillar orasida 5 yoshgacha bolalar o‘limi holatlari qisqargan. Ilgari har 1 000 boladan 24.3tasining o‘limi kuzatilgan bo‘lsa, endilikda bu son 12ga tushdi. Bu ma'lumotlar Mingyillik maqsadlariga erishish bo‘yicha hisobotda keltirilgan.

“Jahon” axborot agentligining ma'lumot berishicha, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida vazn yetishmovchiligi ko‘rsatkichlari 2001 yilda 3.8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2013 yilda bu ko‘rsatkich 1.6 foizga teng bo‘lgan.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Farg‘ona viloyatlarida kamqonlikning tarqalishi 66.6 foizdan 32.9 foizga tushgan.

Top