08:39 / 20.05.2015
13354

O‘zbekistonning 5 so‘mlik kupyurasi dunyoning eng chiroyli qog‘oz pullardan biri deb topildi

MSN portali dunyoning eng chiroyli kupyuralari ro‘yxatini e'lon qildi. Ushbu reytingdan 14 davlatning turli kupyuralari o‘rin oldi.
O‘zbekistonning 5 so‘mlik kupyurasi reytingda 8-o‘rinni egalladi. Bu ro‘yxatdagi qadri eng kichik pul belgisi bo‘ldi. Eng yirik pul esa Italiyaning iste'moldan chiqqan 50 ming liralik kupyurasi bo‘ldi.
Reytingda birinchi o‘rinni Barbadosning 10 dollarlik kupyurasi egalladi. Undan keyingi o‘rinlarga Kuk orollarining 3 dollarlik va Germaniyaning iste'moldan chiqqan 100 markalik kupyuralari munosib ko‘rildi.

Kuk orollarining 3 dollarlik kupyurasi

Shveytsariya franklari

Nemis markalari

Myanma, 1 kyat

Barbadosning 10 dollarlik kupyurasi 

100 zlotix, Polsha

5000 Island kroni

50 Avstraliya dollari

5000 Paragvay guarani 

Top