15:43 / 20.05.2015
3592

Poroshenko Donbassda 80 nafar rossiyalik harbiyning qo‘lga olinganini ma'lum qildi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Donbassda 80 nafarcha rossiyalik harbiy xizmatchilar asirga olinganini ma'lum qildi.

“Bugun biz ikkita rossiyalik harbiyni tutdik, bir necha hafta va oy muqaddam yigirmata va oltmishtasini tutgan edik, shunday ekan, qo‘limizda Rossiyaning maxsus bo‘linmalarida xizmat qiluvchi saksondan ortiq askar bor”, – dedi u.
Uning so‘zlariga qaraganda, bu faktlar Ukraina xalq ko‘ngillilariga emas, balki Rossiyaga qarshi kurashayotganini yana bir bor isbotlab berdi.

Top