13:34 / 20.05.2015
2459

Toshkentda al-Xorazmiyning ilmiy merosi yodga olindi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida atoqli olim Muhammad al-Xorazmiyning ilmiy merosiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi olimlari hamda bir qator OTM pedagoglari va talabalari ishtirok etdi.
“Pravda Vostoka” gazetasining darak berishicha, tadbir davomida O‘rta Osiyoning atoqli olimi hamda uning ilmiy-ijodiy yo‘liga bag‘ishlangan bir qator ma'ruzalar tinglandi.

Top