Intel korporatsiyasi vakillari MDH davlatlari hududidagi hamkorlari va distrubyutorlari uchun Intel Channel Day-2015 bahorgi silsila konferensiyalarini o‘tkazmoqda. Mana shunday konferensiyalardan biri 18 may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston bozorida ishlovchi 50dan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida kompaniyaning 2015-2016 yillardagi rejalari xususida so‘z yuritildi. Shu jumladan, yangi SoFIA (Smart-or Feature-phone on IA, Intel negizidagi smartfon) platformasi taqdim etildi. Ta'kidlanishicha, ushbu qurilma protsessor va uyali aloqa modemini o‘zida birlashtiradi.