16:46 / 20.05.2015
5673

Toshkentda VALL-Ining nusxasi taqdim etildi

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan VIII Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida mashhur VALL-I (WALL-E) robotining nusxasi taqdim etildi.

Pixar kompaniyasi tomonidan ishlangan animatsion film qahramoni bo‘lmish ushbu mitti robot faqat katta ekranlarda mavjud edi. Endilikda uning real nusxasi yaratildi.
Ko‘rgazma ishtirokchilarining so‘zlariga qaraganda, robot yerda yugurib, boshini aylantirgan va qo‘llarini silkitgan.

Top