21:42 / 20.05.2015
2187

Turkiyaning Gyursu shahri hokimi suiqasd oqibatida og‘ir yaralandi

Turkiyaning g‘arbida joylashgan Bursa viloyatining Gyursu shahri hokimi, mamlakatdagi hukmron Adolat va rivojlanish partiyasining a'zosi hisoblangan Junayt Yildiz 20 may kuni hayotiga suiqasd qilinishi oqibatida og‘ir jarohatlar oldi.

DHA agentligining xabar berishicha, hokimning ishchi xonasiga o‘zini qo‘riqlash xizmat xodimi deb tanitgan noma'lum shaxs kirib, Yildizga va uning tansoqchisiga o‘q uzgan.

Hokim va uning tansoqchisi yaralangan og‘ir ahvolda mahalliy shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda politsiya qochib ketgan jinoyatchini qidirmoqda.

Top