18:16 / 20.05.2015
2521

Turkmaniston Kaspiyning o‘ziga tegishli sektoriga milliardlab investitsiya kiritilishini kutmoqda

Turkmaniston Kaspiy dengizining o‘ziga tegishli sektorida neft qazib olish sohasi xorijiy investorlar tomonidan 3 mlrd dollar kiritilishini kutmoqda. Reuters agentligining eslatib o‘tishicha, o‘tgan yili mamlakat bu yo‘nalishga 2.5 mlrd dollar investitsiya jalb qila olgan.

Turkmaniston prezidenti qoshidagi uglevodorod resurslari bo‘yicha davlat agentligi raisi o‘rinbosari Sulaymonmurod Guladovning Xalqaro gaz kongressida qilgan chiqishi chog‘ida ma'lum qilishicha, ushbu miqdordagi mablag‘ni to‘plash uchun bir qator xorijiy va transmilliy kompaniyalar bilan muzokaralar olib borilgan.
Shu bilan birga, yaqinda Xalqaro valyuta jamg‘armasi neft narxining tushishi tufayli Kaspiybo‘yi neft va gaz eksport qiluvchi davlatlarining yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur'atlari pasayganini ma'lum qilgan edi.

Top