09:02 / 20.05.2015
2078

Turkmanistonda Xalqaro gaz kongressi ochildi

Turkmanistonning “Avaza” Milliy turistik zonasidagi “Berqarar” mehmonxonasida VI Xalqaro gaz kongressi va ko‘rgazmasi ochildi. Ushbu forum tashkilotchilari “Turkmangaz” davlat konserni hamda Turkmaniston savdo va sanoat palatasi bo‘ldi.
Bu yilgi forumda 30dan ortiq davlatning 150 kompaniyasidan jami 400 vakil ishtirok etmoqda. Ishtirokchi davlatlar qatorida Rossiya, XXR, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Shveytsariya, Belgiya, Italiya, Niderlandiya, Sloveniya, Slovakiya, Polsha, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, BAA, Eron, Hindiston, Pokiston, Avstraliya, Malayziya, Singapur, Urugvay, Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Ukraina borligi aytilmoqda.
Shuningdek, tadbir bir qator xorijiy OAV xodimlari tomonidan yoritilmoqda.

Top