19:09 / 21.05.2015
3125

“PSJ” klubi dunyodagi eng ko‘p maosh to‘laydigan jamoa sifatida e'tirof etildi

ESPN telekanalining ma'lumotlariga ko‘ra, Fransiyaning “Pari Sen-Jyermen” futbol klubida dunyoning boshqa barcha sport klublariga qaraganda eng katta o‘rtacha ish haqi to‘lanar ekan. O‘tgan yili “PSJ” bu reytingga kira olmagandi. Joriy mavsumda esa jamoa Madridning “Real” klubi va “Nyu-York Yankiz” beysbol klubi kabi gigantlardan o‘tib ketdi.

Ta'kidlash joizki, reytingning birinchi o‘ntaligiga 8ta futbol klubi kiritilgan. Qolgan o‘rinlar ikkita beysbol klubi – “Los-Anjyeles Dojyers” va “Nyu-York Yankiz”ga tekkan.

Reytningning yuqori o‘ntaligi quyidagicha ko‘rinish olgan. Oyliklar britan funt-sterlingida ko‘rsatilgan.

1. PSJ (Fransiya), futbol – 101 898

2. Real (Ispaniya), futbol – 96 933

3. Manchester Siti (Angliya), futbol – 96 445

4. Barselona (Ispaniya), futbol – 90 675

5. Los-Anjyeles Dojyers (SShA), beysbol – 89 999

6. Manchester Yunayted (Angliya), futbol – 89 988

7. Bavariya (Germaniya), futbol – 85 935

8. Chelsi (Angliya), futbol – 83 713

9. Nyu-York Yankiz (SShA), beysbol – 81 992

10. Arsenal (Angliya), futbol – 77 963

Estalib o‘tamiz, avvalroq nufuzli France Football nashri 2014 yil uchun dunyoning eng katta ish haqi oladigan 20 nafar futbol murabbiyi reytingini tuzgan edi. Bu reytingga “Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourinyu boshchilik qilgan.

Top