16:44 / 21.05.2015
2382

Beylning agenti Florentino Peres bilan uchrashuv o‘tkazdi

Garet Beylning agenti Jonatan Barnett 20 may kuni "Real" prezidenti Florentino Peres bilan uchrashuv o‘tkazdi.
AS nashrida xabar berilishicha, Barnett Peresdan Beylning kelajagi bo‘yicha tezroq qaror qabul qilishini so‘ragan.
Nashrning qayd etishicha, Beylning o‘zi yozgi transferlar vaqtida transferga qo‘yilishiga qarshi emas.
"Real" jamoasi ham Uelsdan Beylning agenti yetib kelgani va u bilan futbolchining kelajagi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazilganini tasdiqlagan.

Top