14:52 / 21.05.2015
3549

Kim Chen Inning akasini Erik Kleptonning Londonda o‘tgan konsertida ko‘rishdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chen Chxol Londonda britan rok-musiqasining faxriy qo‘shiqchisi, mashhur gitarachi Erik Kleptonning konsertida kameralar nigohiga tushdi.

Telekanallardan birining operatori hozirda 34 yoshdaligi taxmin qilinadigan Kim Chen Chxolni konsert zali xollida suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. U bir qiz hamrohligida futbolka, qora shim va kalta charm kurtka kiygan holda bo‘lgan.

2006 va 2011 yillarda ham Kim Chen Chxolni Germaniya va Singapurda, Kleptonning konsertlari vaqtida ko‘rishgan edi. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, u musiqachini Pxenyanda konsert o‘tkazishga taklif ham etgan.

Ma'lumot uchun, Kim Chen Chxol marhum Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Irning o‘rtancha o‘g‘li hisoblanadi. Marhum vafot etgach, uning o‘rniga eng kichik o‘g‘il o‘tirgan va boshqa o‘g‘illar omma e'tiboridan chetda qolib keladi.

Top