16:15 / 21.05.2015
4075

Merkel G8 formatiga qaytishning iloji yo‘qligini aytdi

Rossiya asosiy demokratik prinsiplarga rioya qilishni boshlamagunga qadar G8 formatiga qaytishning imkoni yo‘q. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel “Sharqiy hamkorlik” sammitiga ketish oldidan bundestagda qilgan chiqishi chog‘ida bayonot berdi.

“Ukrainadagi voqealar tufayli bugunga kelib biz Elmauda sakkizlik sifatida emas, yettilik sifatida uchrashib kelmoqdamiz, – uning so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi. – G7 – bu qadriyatlar jamiyati, bu erkinlik, demokratiya va qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlikdagi ishdir. Bu millatlarga va ularning hududiy yaxlitligiga bo‘lgan hurmatdir”.

Shuningdek, Germaniya yetakchisi “Sharqiy hamkorlik” formati YeIni kengaytirish siyosati vositasi emasligini qayd qilib o‘tgan.
Sammit 21-22 may kunlari Rigada bo‘lib o‘tadi.

Top