15:30 / 21.05.2015
1433

MXLda xitoyliklarning "Shanxay" jamoasi ishtirok etishi mumkin

Xitoyning Shanxay xokkey jamoasi Mintaqaviy xokkey ligasida (MXL) qatnashuvchi jamoalar safini to‘ldirishi mumkin. Bu haqda TASS MXL prezidenti Dmitriy Chernishenkoning ma'lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

«MXLda Osiyo jamoasi bo‘lishi mumkin. Biz xitoyliklar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Bizning texnik talablarimizga javob bera oladigan shunday jamoa bor. Gap Shanxay xokkey klubi haqida ketmoqda», deya ta'kidladi Chernishenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada «hozirgi vaqtda Xitoy bilan maxsus aloqalar yo‘lga qo‘yilgan».

«Biz bundan unumli foydalanishimiz lozim. 2022 yilgi qishki olimpiada o‘yinlarini o‘zida qabul qilmoqchi bo‘layotgan Xitoy o‘zlari uchun xokkeyni noldan boshlab qayta qurish kerakligini tushunishlari zarur. Xitoy sportning har xil turlarida bir bosh baland sakrashni yaxshi biladigan mamlakat. Bu Osiyoda raqobatni yanada oshiradi. Shu jumladan 2018 yilgi olimpiadani o‘tkazadigan Janubiy Koreya ham, Yaponiya ham. Osiyo o‘zida xokkeyning uyg‘onish davrini kutishi mumkin», deya qayd etib o‘tdi MXL rahbari.

Top