20:03 / 21.05.2015
5402

O‘zbek blogerlari chempionatining g‘oliblari e'lon qilindi

21 may kuni ikkinchi bor o‘tkazilgan Blogerlar chempionatining yakuni e'lon qilindi. Finalda bahs olib borgan 10 nafar blogerlarning ishlariga hakamlar hay'ati, blogerlar va mushtariylar ovoz berish yo‘li bilan g‘oliblarni aniqlab berishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi blogerlar 4-10 o‘rinlarni egallashdi:

4. Jamshid Niyozov. "Supraqoqdi"

5. Sherzod G‘aybullayev. “Istamayman…”

6. Isroil Tillaboyev. “Mentor”

7. Shukurjon Islomov. “Xorijlik hamkorlar”

8. Nigora Salihova. “Erkaklarning boshi nega kal?”

9. G‘ayrat Sheraliyev. “…ayoq yetgancha ketgaymen”

10 Davronbek Parmonov. “Biz qariyapmiz”

Sovrinli bo‘lgan kuchli uchlikni esa quyidagi blogerlar egallashdi (alifbo bo‘yicha keltirilgan):

Kim qaysi o‘rinlarni egallaganligi joriy yilning 28 may sanasida Toshkent shahridagi “Poytaxt” biznes markazida bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimida e'lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 1-o‘rinni egallagan blogerga 4 mln. so‘m, 2-o‘ringa 2 mln. so‘m, 3-o‘rin sohibiga esa 1 mln. so‘m miqdorida mukofot taqdim etiladi.
Shuningdek, taqdirlash marosimida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar nomi ma'lum qilinadi:

1. “Vatanparvarlik mavzusida yozilgan eng yaxshi ish” – 750 ming so‘m;
2. “O‘zbekistonda yoshlar hayotini yoritgan eng yaxshi bloger” –500 ming so‘m;
3. “Ijtimoiy muammolarni noodatiy tarzda yoritgan bloger” – eng sara badiiy kitoblar to‘plami;
4. “Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilgan eng yaxshi bloger” – 500 ming so‘m;
5. “IT Blog” – 3 nafar blogerga 2 yil muddatga 500 mb. xosting ajratadi hamda tanlangan blogerlarga www.index.uz texnoblogida uchta tekin PR-maqola joylashtirish huquqi (aslida texnoblogda bitta PR-maqola joylash 150 ming so‘m).
Maxsus nominatsiya:
“O‘z ishlarida o‘zbek tilining imlo qoidalariga amal qilgan eng yaxshi bloger”– O‘zbekiston Milliy ensiklopediyalar to‘plami (13 ta tom).


Top