17:26 / 21.05.2015
1803

O‘zbekiston TIVda Pokiston elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2015 yilning 21 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Pokiston Islom Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Riaz Husayn Buxoriy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Muloqot davomida ikki tomon munosabatlarining dolzarb masalalari hamda Pokiston kuzatuvchi davlat maqomiga ega Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi o‘zaro aloqalar yuzasidan fikr almashildi.

Top