22:21 / 21.05.2015
7032

O‘zbekiston va Janubiy Koreya yangi traktor ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi Janubiy Koreyaning “LS-Mtron” kompaniyasi bilan hamkorlikda “TTZ-100HC” markasidagi shudgorlovchi yangi traktorlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bu haqda Toshkentda o‘tkazilgan matbuot anjumanida “O‘zqishlokqxo‘jalikmashlizing” aksiyadorlik kompaniyasi vakillari ma'lum qildilar.

Yangi traktor haqida boshqa ma'lumotlar berilmagan.

Matbuot anjumani tashkilotchilari bergan ma'lumotlarga ko‘ra, ayni paytda “O‘zqishlokqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi 360 mingdan ko‘proq fermer xo‘jaliklari, “O‘zdonmahsulot” tizimi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, “Qishloqxo‘jalikkimyo” AJda faoliyat yuritayotgan mashina-traktor parklari, alternativ mashina-traktor parklari va korxonalariga xizmat ko‘rsatadi. 2001-2014 yillarda kompaniya tomonidan ularga 1 trln 400 mlrd so‘mlik 57 ming 400 dona texnika yetkazib berildi. Joriy yilning 1-choragida lizing asosida 400 mlrd so‘mlik 990 dona texnika berildi.

Top