17:47 / 21.05.2015
2525

O‘zbekistonda birinchi marta tserebral falajga uchragan bolalar jarrohlik amaliyotidan o‘tkazildi

Neyrojarrohlik respublika ilmiy markazida O‘zbekistonda birinchi marta tserebral falajga uchragan bolalar jarrohlik stoliga yotdi. Uzbekistan Today nashrining yozishicha, ilgari bunday operatsiya AQShda, shuningdek, Osiyo va Yevropaning yetakchi davlatlarida o‘tkazilgan.

Ma'lum qilinishicha, har yili O‘zbekistonda 800 bola shu xastalikka chalinadi, 18gacha bo‘lgan bemorlarning umumiy miqdori esa 40 mingga yetadi. Chala tug‘ilgan bolalarni parvarish qilish texnologiyalarning joriy qilinishi esa 1000 nafar yangi tug‘ilgan go‘dakdan 5-7 nafarida shunday kasallikning rivojlanishiga olib kelmoqda. Endilikda bu xastalikni davolash yo‘llari tibbiy amaliyotga joriy qilinmoqda.
Jarrohlik yo‘li bilan tserebral falajdan davolangan birinchi bemor 9 yoshli Kamoliddin bo‘ldi. Amaliyot muvaffaqiyatli o‘tgani aytilmoqda. Shifokorlar bemorning ko‘pgina nuqsonlarini davolashga muvaffaq bo‘lishdi.

Top