19:30 / 21.05.2015
2067

O‘zbekistonda mobil dastur ishlab chiqish bo‘yicha boshlangan tanlov g‘olibiga iPhone 6 beriladi

East Telecom va TPS kompaniyalari mobil dastur ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e'lon qildi.

Tanlov 18 yoshga to‘lgan jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 2015 yil 15 mayidan 14 avgustigacha uch bosqichda o‘tkaziladi.

Tanlov qoidalariga ko‘ra, ishtirokchilar ma'lum texnik talablarga javob beruvchi mobil dasturni yaratishi kerak bo‘ladi.

Mobil dastur tashqi ko‘rinishi, konsepsiyasi va dasturiy jihatdan baholanadi. Tanlov yakunlariga muvofiq g‘oliblar iPhone 6 mobil telefoni (1-o‘rin), noutbuk (2-o‘rin) va LCD-televizor (3-o‘rin) bilan taqdirlanishadi.

Top