15:23 / 21.05.2015
3790

O‘zbekistonlik kontrabandachi Qozog‘iston chegarasidan 2 ming toshbaqani olib o‘tmoqchi bo‘ldi

Janubiy Qozog‘iston viloyati Sariog‘och tumani “Qoplonbek” nazorat o‘tkazish punkti chegara naryadi tomonidan Daewoo Matiz mashinasida toshbaqalarni olib o‘tishga harakat qilgan O‘zbekiston fuqarosi to‘xtatib qolindi.
KazInform resursining ma'lum qilishicha, mashinani tekshirish jarayonida uning ichidan 3 qop va 1 qutiga joylashtirilgan 1955 dona toshbaqa topilgan.
Mashina egasi, 1983 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi, ayni paytda chegarachilar qo‘lida.

Top