12:59 / 21.05.2015
2805

Qirg‘izistonda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirish to‘g‘risida qonun imzolandi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev parlament tomonidan qabul qilingan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

TASS agentligining xabar berishicha, qonun loyihasi 20 may kuni parlamentariylar tomonidan ma'qullanib, 21 may kunidan kuchga kirgan.
“YeIIga qo‘shilish bizning mahsulotimizga 200 mln kishidan iborat ulkan bozorni ochib beradi, – ta'kidladi Atambayev hujjatni imzolash jarayonida. – Biz spekulyativ iqtisodiyot bo‘lishni bas qilamiz va rivojlanishni boshlaymiz”.

Top