12:19 / 21.05.2015
2954

Qozog‘iston OBSening prezidentlik saylovlariga nisbatan aytgan tanqidlariga javob berdi

Qozog‘iston Markaziy saylov qo‘mitasi OBSe qoshidagi demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha Byuroning Kuzatuvchilar missiyasi e'lon qilgan tanqidiy mulohazalarga to‘la hajmda qo‘shilmasligini aytib o‘tdi.
Ma'lumki, 26 aprel kuni Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. Unda amaldagi prezident Nursulton Nazarboyev 97.75 foiz ovoz to‘pladi. OBSe kuzatuvchilari bo‘lib o‘tgan kampaniyaning ayrim qirralarini tanqid qildi.
“Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov qo‘mitasi OBSe missiyasining quyida keltirilgan tanqidiy mulohazalariga to‘la hajmda qo‘shilmaydi”, – ta'kidlanadi hujjat matnida. Jumladan, MSKning fikricha, saylov jarayonining oshkoraligi va shaffofligi ta'minlab berilgan edi.
Bundan tashqari, hujjat mualliflarining fikricha, qozog‘istonliklar barqarorlik va taraqqiyot uchun ovoz bergan.
Markaziy saylov qo‘mitasi Nazarboyevga qarshi tura oladigan muqobil nomzodning yo‘qligi, ovoz sanashda yo‘l qo‘yilgan ayrim texnik xatolar borasida aytib o‘tilgan tanqidiy fikrlarga ham o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

Top