16:18 / 21.05.2015
2748

Sergey Shoygu 60 yoshga to‘ldi

Bugun, 21 may kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 60 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan ko‘plab onlayn nashrlarda uning yubileyiga bag‘ishlangan materiallar e'lon qildi.

Rossiyaning eng taniqli vaziri bo‘lmish Shoygu 1994 yildan boshlab o‘zi asos solgan favqulodda vaziyatlar vazirligiga rahbarlik qilib kelgan, ammo 2012 yili Moskva gubernatori etib tayinlangan edi. Oradan yarim yil o‘tib, u mudofaa vaziri etib tayinlandi va bugunga qadar shu lavozimda.
Mahalliy nashrlarning ta'kidlashicha, bugungi “deyarli harbiy” holatga qaramay, Shoygu ajoyib, o‘ziga xos uslubda ishlab, xalqning e'tiborini qozonmoqda: u biror bir xatoni to‘g‘irlay oladigan sharoitda jamoatchilik oldida paydo bo‘lib, vaziyatni o‘nglaydi, so‘ng keyingi favqulodda vaziyatga qadar g‘oyib bo‘ladi.

Top