14:45 / 21.05.2015
2231

Toshkentda OBSe ko‘magida kibertahdidlar muhokamasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazilmoqda

20 may kuni Toshkentda kibermuhitdagi xavfsizlik va axborot-kommunikatsion texnologiyalar sohasiga bag‘ishlangan ikki kunlik seminar boshlandi. Tadbirga 40 nafar ishtirokchi tashrif buyurdi, ular ichida Avstriya, Estoniya, AQSh, Fransiya, Germaniya, Shveytsariya, Buyuk Britaniyadan tashrif buyurgan 10 nafar ekspert bor.

Shuningdek, tadbirda Oliy Majlis, adliya, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, tashqi ishlar vazirliklari, ilmiy jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbirda kiberjinoyat, kibermuhit orqali keladigan axboriy tahdidlar, ularga qarshi turish, ularning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish singari masalalar muhokama qilindi.
OBSe transmilliy tahdidlar departamentining kiberxavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Ben Xiller o‘z chiqishida tashkilot turli davlatlar o‘rtasida bu borada tajriba almashishda ko‘prik bo‘lishga tayyorligini ta'kidlab o‘tdi.

Top