22:41 / 21.05.2015
2841

UYeFA futbol bo‘yicha Qrim chempionatini o‘tkazishga izn berdi

Qrim mintaqaviy futbol federatsiyasi vakili Georgiy Ilyakov UYeFA futbol bo‘yicha Qrim chempionatini o‘tkazishga ruxsat berganini ma'lum qildi.

“UYeFA bilan muzokaralar o‘tkazildi. Bizga Krim chempionatini o‘tkazishga izn berildi. Bu chempionat UYeFA tomonidan tan olinadi. Chempionatni 2015 yilning avgustida boshlashni rejalashtirmoqdamiz. Chempionatda 8 ta professional jamoa ishtirok etadi.

Iyul boshida Qrimga UYeFA komissiyasi tashrif buyuradi hamda Qrim jamoalarining infratuzilmaviy obektlarini ko‘zdan kechiradi. Reglament bo‘yicha jamoalarda bo‘lishi kerak bo‘lgan o‘yingohlar va boshqa infratuzilmalarning imkoniyatlari va tayyorligi baholanadi. Tekshiruv o‘tkazilgandan keyin biz Qrim chempionatidagi jamoalarni moliyalashtirish masalalarini hal qilishga o‘tamiz.

Bu chempionatga “Tavriya” va “Sevastopol” jamoalari avtomatik ravishda kiritilishi aniq. Qolgan ishtirokchilar haqida hozircha biror narsa deyish qiyin”, deb aytdi Ilyakov.

UYeFA 2014 yilning 4 dekabrida Qrim klublariga Rossiya futbol ittifoqi nomidan Rossiya chempionatida ishtirok etishni taqiqlab qo‘ygan edi.

Joriy yilning 23 yanvarida Qrim jamoalari Rossiyaning ikkinchi divizioni birinchiligidan rasman chiqarilib yuborildi.

Top