20:02 / 22.05.2015
1785

“Milan”ning sobiq o‘yinchisi Gattuzo "Anji" yoki "Lokomotiv"ga murabbiylik qilishi mumkin

“Milan” futbol klubining sobiq o‘yinchisi Jyennaro Gattuzo murabbiylik bo‘yicha malaka oshirish uchun Rossiyaga keldi.

Sky Sport Italia nashri jurnalisti Djanluki Di Martsio bergan ma'lumotga ko‘ra, 37 yoshli Gattuzo "Anji" yoki "Lokomotiv" klublariga murabbiylik qilishi mumkin.

2011 yilda “Anji” egasi Suleyman Kerimov o‘sha kezda “Milan”da o‘ynagan Gattuzoni klub safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan, biroq italiyalik futbolchi butun oilasini Rossiyaga olib kelishni istamagan. Endi Gattuzo “Anji”ga murabbiy sifatida qo‘shilishi mumkin.

Italiyalik mutaxassis o‘zining murabbiylik faoliyatida “Sone”, “Palermo” va “OFI” klublarida ishlagan.

22 mayda Gattuzo TsSKA klubining mashg‘ulotiga tashrif buyurib, armiyachilarning bosh murabbiyi Leonid Slutskiy bilan suhbatlashdi va jamoaning mashg‘ulotini kuzatdi.

Top