17:07 / 22.05.2015
1650

Peres Beylning agentiga uning mijozini sotish niyatida emasligini ma'lum qildi

"Real" rahbariyati yozgi transferlar vaqtida Garet Beylni sotuvga qo‘ymoqchi emas.

Bu haqda OAVga jamoa prezidenti Florentino Peres va uelslik futbolchining agenti Jonatan Barnett o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyin ma'lum qilingan.

Peres Beylning mahoratiga ishonishda davom etishini aytib o‘tgan hamda agentdan boshqa jamoa vakillari bilan aloqaga chiqmasligini so‘ragan.

Barnettning aytishicha, "Manchester Yunayted" jamoasi tomonidan Beylni sotib olish bo‘yicha 65 mln yevrolik taklif mavjud.

Top