17:20 / 22.05.2015
2930

Putinning Timchenko va Miller bilan iqtisodiy aloqalari inkor qilindi

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml G‘arb ommaviy axborot vositalarining Vladimir Putinga qo‘ygan ayblarini inkor qilishini ta'kidlab o‘tdi.

TASS agentligining eslatib o‘tishicha, xorij matbuotida Rossiya yetakchisining biznesmenlar Gennadiy Timchenko va Aleksey Miller bilan yaqin iqtisodiy aloqalarda ekanligi haqida gap-so‘zlar tarqalgan edi.
Peskovning so‘zlariga qaraganda, “Londonning va Nyu-Yorkning ikki hurmatli nashri” Kremlga “kriminalistik yoki prokurorlarcha uslubda” murojaat yo‘llagan.

“Ular bergan 21 savolning barisiga bitta javob bor – Yo‘q!”, – qo‘shimcha qildi matbuot kotibi.

Top