2015 yil 22 may, Farg‘ona. Aloqa operatori Beeline Qo‘qonda yangi eksklyuziv savdo va xizmat ko‘rsatish ofislari ishga tushirilgani haqida xabar beradi.
“Abonentlarimiz uchun Qo‘qonda turli toifadagi 10ta salon ishga tushirildi, – voqeani sharhlaydi Unitel‘ning Sharqiy hududiy filiali direktori Sanjarbek Iminov. – “Qo‘qon” gipermarketining ichida joylashgan eng yirik ofisda standart xizmatlardan tashqari, mijozlar uchun demo-maydonchada Beeline mobil internetini sinab ko‘rish imkoniyati mavjud, shuningdek mijozlarimiz kompaniyaning innovatsion devayslari, modem va routerlarni xarid qilishlari mumkin”.