22:46 / 22.05.2015
3987

Samarqanddan Navoiygacha bo‘lgan avtomobil yo‘llari ta'mirdan chiqarildi

Yaqin kunlargacha yo‘lovchi va haydovchilar Samarqanddan Navoiygacha olib boruvchi yo‘llardan shikoyat qilib turardi. Ayniqsa bu o‘nqir-cho‘nqir yo‘llardan yurishga majbur bo‘lgan Buxoro va Urganch haydovchilari va yo‘lovchilari ko‘proq aziyat chekishardi. Bugunda bu yo‘llar ta'mirlandi.

Joriy yilning 25 aprelidan 20 mayigacha xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarining holatiga javob beruvchi “O‘zavtoyo‘l” korxonasi qoshidagi Samarqand ixtisoslashtirilgan ta'mirlash-foydalanish zavodi tomonidan M-39 raqamli xalqaro ahamiyatdagi “Olma-ota-Bishkek-Toshkent-Termiz” yo‘linining 1037-1113 km larida, “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining 0-147 km larida va “Samarqand halqa yo‘li”ning 33-46 km larida joriy ta'mirlash ishlari o‘tkazildi. Bu yo‘llar Samarqand viloyatining Bulung‘ur, Jomboy, Urgut, Samarqand, Oqdaryo, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Narpay va Paxtachi tumanlari hamda Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari hududidan o‘tadi.

Bu loyihani amalga oshirish uchun 1,8 mlrd so‘m sarflandi.

Hozirda “Samarqand-sh.-Juma- Kattaqo‘rg‘on sh.” avtomobil yo‘lining 0-49 km lik hududida, ya'ni Samarqanddan Juma orqali Kattaqo‘rg‘onga boruvchi yo‘lda
ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Yo‘ldagi cho‘nqirlar bartaraf etildi. Eski yo‘l belgilarini yangilariga almashtirish, yo‘l elementlarini bo‘yash va oqlash ishlari o‘z yakuniga yetkazilmoqda.

Samarqand va Shahrisabzni Taxti Qoracha davoni orqali bog‘lovchi yo‘lning 20 km lik hududida ham ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Ayni kungacha 3 ming tonnadan ortiqroq asfalt-beton qoplamasi yotqazildi. Davon ko‘chki va o‘pirilishlar oqibatida yo‘llarda paydo bo‘lgan 5 ming kub metr tog‘ jinslaridan tozalandi.

Hozirda yo‘l quruvchilari tomonidan butun respublika bo‘ylab yo‘llar sifatini yaxshilash bo‘yicha ta'mirlash-qurilish ishlari olib borilmoqda.

Top