16:04 / 23.05.2015
2282

“Milan” vakili “Real” bilan Anchellotining shartnomasi bekor qilinishi bo‘yicha kelishib oldi

“Milan” futbol klubining transferlar bo‘yicha mutaxassisi va maslahatchisi Ernesto Brontsetti kuni-kecha “Real” prezidenti Florentino Peres bilan klubning bosh murabbiyi Karlo Anchelottining kelgusi faoliyati bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Tomonlar “Real” 55 yoshli murabbiy bilan shartnomani bekor qilishi bo‘yicha kelishib oldilar. Bugun, 23 may kuni Peres bu yangilikni klubning direktorlar kengashiga rasman ma'lum qiladi, deb xabar bermoqda Sky Sport Italia jurnalisti Janluka Di Martsio.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, Anchelottining rafiqasi yaqinda ko‘zi yoriydigan qiziga yaqinroq bo‘lish uchun Milanga qaytishni istamoqda.

Anchellottiga Milanga qaytish uchun esa “Milan”ning maqsadlari va ambitsiyalari muhim omil bo‘ladi.

Avvalroq “rossonerlar” “Karlo ota”ga 4 yillik shartnoma va uning transfer masalalarini hal qilishdagi ishtirokini kuchaytirishni taklif qilayotganlari ma'lum qilingandi.

Top