15:53 / 23.05.2015
1496

“Yuventus” Sami Xedira bilan shartnoma tuzmoqchi

Turinning “Yuventus” futbol jamoasi “Real” yarimhimoyachisi Sami Xediraning vakillari bilan futbolchining “Yuventus” tarkibiga o‘tishi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Turinliklarning rahbariyati tomonlar barcha detallar bo‘yicha kelishuvga erishib, 6 iyunda o‘tadigan Chempionlar Ligasi finaligacha hujjatlarni imzolashlariga umid bildirmoqda.

Ma'lumot uchun, Xediraning “Real” bilan shartnomasi kelayotgan yozda o‘z nihoyasiga yetadi, shuning uchun u klubni erkin agent sifatida tark etadi.

Top