17:28 / 23.05.2015
2295

Anqara “Turk yo‘li” gaz quvurini 2017 yildan so‘ng ishga tushirishni rejalashtirmoqda

“Turk yo‘li” gaz quvuri 2017 yildan so‘ng ishga tushirilishi kutilmoqda. Bu haqda Turkiyaning Moskvadagi elchisi Umit Yardimga asoslanib, "Interfaks" xabar qilgan.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, Turkiya va Rossiya hozircha loyihani boshlash arafasida turibdi. Shuning uchun ushbu loyiha 2016 yoki 2017 yildan qaysi birida ishga tushishini aniq aytib bo‘lmaydi.

“Agar biz ushbu loyihani amalga oshirsak, bu Rossiya va Turkiya uchun katta muvaffaqiyat bo‘lar edi”, - deydi Turkiya elchisi.

Hozirgi vaqtda ikki davlat tomonidan ham loyihani amalga oshirish bo‘yicha mas'uliyat yuklovchi biror hujjat imzolanmagan.

Avvalroq “Gazprom” rahbari Aleksey Miller “Turk yo‘li” gaz quvurini  2016 yil dekabridan amalga oshirish boshlanishini ma'lum qilgan edi.

Top