21:13 / 23.05.2015
1658

«Bunyodkor» klubi o‘z maydonida «Dinamo»ni kichik hisobda yengdi

Oliy liganing 10-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Dinamo” uchrashuvida Sergey Lushchan shogirdlari kichik hisobda zafar quchishdi. Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi.

“Bunyodkor” yarimhimoyachisi Sardor Rashidov 77-daqiqada Minori Sato bilan ajoyib kombinatsiya tashkil qilib, Melnichukni ojiz qoldira oldi.

Ushbu gol uchrashuvda yagonaligicha qoldi. “Bunyodkor” o‘z maydonida kechgan o‘yinda g‘alaba qozonib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Endilikda jamoa hisobida 9 o‘yindan keyin 18 ochko yig‘ilgan va "qaldirg‘ochlar" tupnir jadvalida oltinchi o‘ringa joylashishgan.

“Bunyodkor" - "Dinamo" - 1:0 
Gol: S.Rashidov (77)
"Bunyodkor": Murod Zuxurov, Akmal Shorahmedov, Xayrullo Karimov, Anvar G‘ofurov, Shaker Zuagi, Jovlon Ibrohimov, Sato Minori, Obid Jo‘raboyev, Sardor Sobirxo‘jayev, Sardor Rashidov, Temur Ayupov
"Dinamo": Andrey Melnichuk, Ildar Mamatkazin, Maksimilian Fomin, Otabek Zokirov, Aziz Ibragimov, Akmal Xolmurodov, Jasur Azimov, Komil Sharofutdinov, Ma'rufjon Murodov, Nikolay Chipev, Avaz Agaliyev.

Top