08:22 / 23.05.2015
2537

Deparde ukrainaliklarni va Putinni birdek yaxshi ko‘rishini aytdi

Mashhur fransuz aktyori Jyerar Deparde urushni yomon ko‘rishini va Ukrainada bo‘layotgan voqealardan karaxt holda ekanligini aytdi. Bunday fikrni u Kannda bo‘lib o‘tayotgan kinofestivalda bildirib o‘tdi.

Aktyor kinofestivalda “Muhabbat vodiysi” surati bilan ishtirok etmoqda. Deparde Rossiya prezidenti Vladimir Putin va ukrainaliklarni yaxshi ko‘rishini ham ta'kidladi.

Aktyor Ukrainada bo‘layotgan voqealarni uncha tushunmasligini, biroq hamma kabi “karaxtdaligini” aytib o‘tdi. “Men sobiq prezident Viktor Yushenkoni yaqindan tanirdim, ukrainaliklarni juda yaxshi ko‘raman, biroq mojarolarni muhokama qilish mening vakolatimga kirmaydi. Men urushni, to‘qnashuvlarni yomon ko‘raman, chunki ular odamlarning o‘limiga olib keladi”, deydi Deparde.

“Mese Putinni yaxshi bilaman va uni ham yaxshi ko‘raman. Men SSSRga, yoki, to‘g‘rirog‘i Rossiyaga ko‘p boraman”, deb aytdi aktyor. Uning bu chalkapsh so‘zlari jurnalistlarda tabassum uyg‘otdi.

Kann kinofestivalida Deparde o‘zi va Izabel Yupper ijrosidagi “Muhabbat vodiysi” filmini taqdim qilmoqda.

Ma'lumot uchun, 2012 yil dekabrda aktyor o‘zining Fransiya fuqaroligidan voz kechishini e'lon qilgan. Aktyorning bunday qaror qabul qilishiga Fransiya prezidenti Fransua Ollandning million yevrodan ortiq daromadlarga 75 foizlik soliq qo‘llamoqchiligi sabab bo‘lgan. Deparde Fransiya fuqaroligini Belgiya fuqaroligiga almashtirmoqchi bo‘lgan, biroq Fransiya hukumati bu soliqni kiritishdan voz kechgandan keyin bu fikridan qaytgan.

2013 yilning yanvarda Depardega Rossiya fuqaroligi berilgan. Aktyor Sochida 5 yanvarda Vladimir Putin bilan uchrashganda unga Rossiya pasporti berilgan, biroq u o‘z fuqaroligini saqlab qolishga qaror qilgan.

Top