12:01 / 23.05.2015
2190

Husiychilarning xakerlik guruhi Saudiya Arabistoni TIV saytiga hujum qilishdi

Yamandagi "Ansor Alloh" nomli husiychilar tashkiloti tarkibidagi "Yaman elektron armiyasi" nomli xakerlik guruh Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi saytiga hujum uyushtirishdi.
Internet xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis hisoblanuvchi kuvaytlik tahlilchi Abdulla al-Alining o‘z tvitteri orqali ma'lum qilishicha, bu hujum orqali Saudiya Arabistoni TIVning minglab maxfiy hujjatlari o‘g‘irlangan.
Uning yozishicha, Saudiyalik bir qancha amaldorlarga tegishli ma'lumotlar, shuningdek, qirollik oilasi a'zolari haqidagi ma'lumotlar ham xakerlar tomonidan o‘g‘irlangan.
O‘z navbatida, Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi bu saytga xakerlar hujumi sodir bo‘lgani haqidagi ma'lumotni tasdiqlagan.

Top