09:34 / 23.05.2015
1711

O‘zbekistonda 17,5 ming nafar yolg‘iz keksalarga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda

O‘zbekistonda 17,5 ming nafar keksa, yolg‘iz pensionerlar va nogironlar ijtimoiy ko‘makka muhtoj, bu haqda O‘zbekiston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bergan ma'lumotlarda aytilmoqda.

5589 nafar pensioner bepul dori-darmon bilan ta'minlangan.

17,5 ming nafar keksa, yolg‘iz pensioner va nogironlarga 1096,9 mln so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatilgan.

Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish xodimlari 16,3 ming keksalar holidan xabar olib turibdi, ulardan 1,2 ming nafari yordamni rad etgan. 4,6 ming nafar keksa zaruriy oziq-ovqatlar to‘plami bilan ta'minlangan.

Top