12:41 / 23.05.2015
4173

Samarqandda o‘zbek-qozoq chegarasi masalasi muhokama qilindi

18-22 may kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat delegatsiyalari ishtirokida O‘zbekiston – Qozog‘iston qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat chegaralari demarkatsiyasiga oid qator yakuniy hujjatlar ko‘rib chiqildi va muvofiqlashtirildi.

Muzokaralar konstruktiv ruhda va do‘stona muhitda o‘tdi, deya xabar beradi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati. 

Top