21:10 / 23.05.2015
3842

You Tube`da "Ayol kulsa" nomli ilk ayollar yumoristik shousi dasturlari joylashtirib boriladi

Zamira Beshimova muallifligida ish boshlagan ilk ayollar yumoristik shousi Ladies show hozirda "Ayol kulsa" nomi bilan ijodni davom ettirmoqda. 

Loyiha boshlovchisi Mirtohir Mirg‘ulomov, axborot hamkori sb.uz portali hisoblanadi.

Ijodiy jamoada elga sevimli bo‘lib ulgurgan xonanda va aktrisalar o‘zlarining yangi qirralarini namoyish qilishmoqda. Madina Mumtoz, Kaniza, Oyxon Iforzoda, Saida, Feruza Mustafayeva va Feruza Normatova shular jumlasidan.

Har sonda mehmon akterlar ham jalb qilinadi. Havola qilinayotgan videoda Dilshodbek Kattabekov va Akmal Nazarov ham ayollar hajviy jamoasiga ko‘maklashishgan.

"Ayol kulsa" shou dasturlarii endi You Tube saytida kuzatib borish mumkin.

Top