“Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan kelasi mavsum ham birga ishlash niyatida ekanini aytib o‘tdi.
“Anchelotti ajoyib murabbiy va ajoyib inson. Umid qilamanki, u bilan kelasi mavsum ham birga ishlaymiz”, - deb yozadi Ronaldu o‘zining tvitterdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Real" klubi tez orada Anchelottining iste'fosi haqida e'lon qilishi haqida mish-mishlar paydo bo‘lgandi.
Manba: uff.uz