21:29 / 24.05.2015
2086

Krasnodar jamoasi Rossiya chempionatining 29-turida “Rostov” ustidan g‘alaba qozondi

O‘zbekistonlik Odil Axmedov to‘p surayotgan “Krasnodar” jamoasi Rossiya chempionatining 29-turida “Rostov” ustidan g‘alaba qozondi.

24 may kuni Krasnodarda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi. Gollarni “buqalar” tarkibida Roman Shirokov (9-daq.) va Fransishku Vanderson (33-daq.), rostovliklar tarkibida Vitaliy Dyakov (75-daq.) kiritdilar.

Uchrashuvda Odil Axmedov ham faol harakat qilib, yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldi.

“Krasnodar” 59 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi, “Rostov” esa 28 ochko bilan 13-o‘rinda qoldi. Chempionatning yakunlovchi turida “Krasnodar” mehmonda Moskvaning “Dinamo” jamoasi bilan bellashadi, “Rostov” esa o‘z maydonida TsSKA jamoasini qabul qiladi.

Top