10:01 / 24.05.2015
2166

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Panamaga mag‘lub bo‘ldi

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Yangi Zelandiyaga jo‘nab ketgandi.

O‘FF rasmiy tvitteri xabar qilishicha, yoshlar terma jamoaci Yangi Zelandiya poytaxti Vellington shahrida musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Panama U-20  termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgan.

“O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Vellingtonda Panamaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi”, - deyiladi xabarda.

Top