21:16 / 24.05.2015
3255

O‘zbekistonlik haydovchi Moskva shimolida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi sababchisi bo‘ldi

Moskvada Angar ko‘chasidan Korovin shossesiga ketayotgan GAZel-muzlatgich yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni qo‘ldan chiqarib, yo‘l chetida turgan boshqa “GAZel”ga borib urilgan, u o‘z navbatida olingan zarbadan oldida turgan Nissan Primera avtomobiliga urilgan.

YTH sababchisi GAZeli yon boshga yiqilib, yana bitta VAZ-21099 mashinasini turtib yuborgan. To‘qnashuv sababchisi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqdi. Aniqlanishicha, u qattiq mast holatida bo‘lgan hamda to‘qnashuv paytida haydovchisi kabinasidan otilib chiqib ketgan.

YTH sababchisi jonlantirish bo‘limiga yotqazilgan va shifokorlarning ta'kidlashicha, uning ahvoli og‘ir qolmoqda. Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar to‘qnashuv joyida to‘kilib ketgan yoqilg‘ini suv bilan yuvib tashlashlariga to‘g‘ri kelgan.

Top