21:09 / 24.05.2015
3313

Sankt-Peterburgdagi qurilishlardan birida o‘zbekistonlik shaxs vafot etdi

“Operativnoye prikrytiye” axborot agentligining xabar berishicha, 23 may soat 11 lar atrofida Sankt-Peterburgning Nevskiy tumanida olib borilayotgan turar-joy binosi qurilishida shaxta liftida 23 yoshli o‘zbekistonlik, Jumayev familiyali mehnat muxojirining jasadi topildi. Taxmin qilinishicha, yigit lift shaxtasiga yuqorigi qavatlardan biridan tushib ketgan. Yigit qurilish kompaniyalaridan birida rasmiy ravishda ishlagan.

Ushbu voqea yuzasidan tergovgacha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top