17:21 / 24.05.2015
9647

Taraqqiyot bilan birgalikda odimlash (kompaniyalar misolida)

Xarid qilish usullari kundan-kunga o‘zgarib bormoqda. Smartfon va texnologiyadagi innovatsiyalar keng tarqalgani tufayli ma'lumotni qayta ishlash va yuklarni yetkazish, chakana savdoning tashqi ko‘rinishi ham ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan tezlikda taraqqiy etmoqda.

Biz aynan shu sohaga inqilobiy o‘zgarishlar olib kirayotgan 24 ta kompaniyani tanlab oldik. Dronlardan foydalinishni boshlayotgan elektron tijorat gigantidan tortib, pitssaxonalarning ajoyib ko‘rinishda kashf etilgan tarmoqlarigacha - aynan shu kompaniyalar B2C (Iste'molchiga mo‘ljallangan biznes) bozorini tubdan o‘zgarib ketishini ta'minlamoqda.

1. Zulily TJ Maxx modelini elektron tijoratga nisbatan tadbiq etyapti.

Darrel Kavens. Zulily ijrochi direktori

Bosh ofis: Sietl

Tashkil topgan payti: 2010

Buning nimasi yomon: Chakana diskaunter TJ Maxx (NYSE: TJX) kabi Zulily (NASDQ: ZU) ham har kuni onlayn savdoni amalga oshiradigan onalarga xazina ovini uyushtiradi. TJ Maxx arzon sotib tugatish modeliga asoslangan bir paytda Zulily sayti har kuni kiyim-kechak mahsulotlari, uy uchun kerak bo‘lgan tovarlar, o‘yinchoqlar va boshqalarga yirik chegirmalarni taqdim etyapti.

Betakror, doimiy o‘zgarib turuvchi takliflar xaridorlarni yana va yana qaytib kelishga undamoqda, 2013 yilda aksiyalarini ommaviy joylashtirgan elektron tijorat sayti hozirda 4 million foydalanuvchiga ega.

2. Kroger oziq-ovqat mahsulotlari do‘konlarini o‘zgacha bo‘lishiga intilyapti.

Bosh ofis: Tsintsinnati

Tashkil etilgan vaqti: 1883

Nimasi g‘alati: Kroger (NYSE: KR) 45 chorak davomida sotuvlarning tanaffussiz o‘sishi haqida ma'lum qilib kelyapti, ikki yil mobaynida esa organik va tabiiy yeguliklar bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Whole Foods Market (NASDAQ: WFM)ni siqib chiqarishi kutilmoqda. Tarmoq xizmat ko‘rsatishning a'lo darajasi va mahsulotlarning keng tanlovi bilan dovrug‘ qozongan.

Boshqa kompaniyalarga qaraganda riteyler mahsulotlarni o‘zining savdo belgisi ostida yetkazishga asoslanadi, bu esa narxlarni past darajasini ushlab turishda qo‘l kelmoqda, mijozlarga doimiy ravishda chegirmalar taqdim etuvchi va yoqilg‘i xarid qilinganda tejashga yordam beradigan "Kroger Plus Card" dasturi bilan ham ommaga keng tanilgan.

3. Brandy Melville Instagramdagi o‘smirlarga yo‘naltirilgan biznesga asos solmoqda.

Bosh ofis: Santa-Monika, Kaliforniya

Tashkil etilgan vaqti: 1994

Buning nimasi g‘alati: Brandy Melville moda do‘konlarining chakana tarmoqlari Italiyada 20 yil muqaddam tashkil etilgan. Professional modellar suratlari va haqiqiy mijozlar qorishmasidan iborat Instagramdagi betakror akkaunt tufayli riteyler o‘smirlar kiyimlari brendlari top 10 ligidan joy egallayapti va elektron tijorat sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda.

Brend o‘zining “Bitta o‘lcham hammaga to‘g‘ri keladi” konsepsiyasi bilan ham mashhur.

4. BigCommerce katta va kichik brendlarga muvaffaqiyatli internet-do‘konni ishga tushirish, reklama qilish, nazorat ostiga olish va keng tarqalish uchun kerakli barcha zarur narsalarni taqdim etadi.

Bosh ofis: Ostin, Texas

Tashkil etilgan vaqti: 2009

Buning nimasi yomon: BigCommerce chakana savdoga o‘z biznesini onlayn ko‘rinishda moslashtirishda yordam beradi. BigCommerce foydalanuvchilari kompaniyaning xususiyatlari, shuningdek, boshqa platformalarga qaraganda yetuk bo‘lgan qidiruvning optimallashtirilgani to‘g‘risida jo‘shib gapiradilar.

Kompaniya 150 ta mamlakatdagi 70 mingdan ortiq riteylerni qo‘llab-quvvatlaydi va 5 mlrd. dollardan ortiq kelishuvni amalga oshirgan. BigCommerce — Cetaphil, Gibson gitaralari va Ubisofning mavjudligi diqqatga sazovordir.

5. Starbucks mobil to‘lov va yetkazib berish bo‘yicha inqilobni amalga oshiryapti.

Bosh ofis: Sietl

Tashkil etilgan vaqti: 1971

Buning nimasi g‘alati: Starbucks (NASDAQ: SBUX) qahvaxonalarning hamma yerda ommalashuviga sababchi bo‘lgan. Hozirda 21 ta muassasasasi bilan mobil to‘lovlar yetakchiga aylanmoqda.

Starbucksning mobil ilovasi iste'molchilarga Apple Pay chiqquniga qadar ichimliklarga smartfon yordamida haq to‘lash imkoniyatini yaratgan. Shu paytga kelib, smartfonlar yordamida Starbucksda taassurot uyg‘otuvchi 16 foizli kelishuvlar amalga oshirilyapti. Shuningdek, kompaniya Sietl va Nyu-Yorkda yetkazib berish dasturini sinamoqda.

6. Poshmark sekond-xend kiyimlari uchun ishonchli bozor yaratyapti.

Bosh ofis: Men lo-Park, Ka li for niya

Tashkil etilgan vaqti: 2011

Buning nimasiga xayron qolish mumkin: Poshmark mijozlarga o‘zlarining foydalanilgan kiyimlarini sotishda yordam berish uchun Instagramga o‘xshash platformadan foydalanadi. Qo‘shimcha haq to‘lab, foydalanuvchilar o‘z buyumlarining suratlarini osonlik bilan yuklashlari mumkin. Mahsulotlarning katta tanloviga ega bo‘lgan eBaydan farqli ravishda Poshmark faqat kiyim va aksessuarlarni sotishga mo‘ljallangan.

Foydalanuvchilar brend bo‘yicha qidiruvni amalga oshirish va ularning do‘stlari taklif etayotgan kiyimlarni ko‘rish imkoniga egalar, bu esa ilovaga ijtimoiy yo‘nalish beradi.

7. Under Armour tan olingan sport brendlariga tahdid solyapti.

Bosh ofis: Baltimor

Tashkil etilgan yili: 1996

Buning qanday g‘alati joyi bor: Yuqori texnologiyali sport kiyimlariga asoslangan kompaniya yaqinda Adidas (XETRA: ADS)dan o‘zib ketdi va sport kiyimlarini sotish bo‘yicha AQShdagi ikkinchi kompaniyaga aylandi. 1996 yilda kompaniya tashkil etilgan vaqtda uning daromadi 17 ming dollarga teng bo‘lgan. Bu yil esa 3,76 mlrd. dollar olib kelishi kutilyapti.

Under Armour (NYSE: UA)Stiven Karri va Muhammad Ali ishtirokidagi reklamaga agressiv darajada sarmoya kiritadi va ayollar sport kiyimlari yo‘nalishini ham faol rivojlantirmoqda.

8. Pirch uy shopingining yangi ko‘rinishini yaratmoqda.

Bosh ofis: San-Diyego, Kaliforniya

Tashkil etilgan vaqti: 2010

Buning nimasi g‘alati: Pirch uy uchun mo‘ljallangan yuqori darajadagi tovarlar do‘konidir. Kompaniya tashkilotchilari shoping jarayonini “ishtiyoq va xursandchilikka to‘la” bo‘lishiga erishishga intilishmoqda. Riteyler katta va chiroyli ko‘rgazma zallarini quradi. Mijozlarni barista kutib oladi va ularning ta'biga qarab latte taklif etadi.

Foydalanuvchilar barcha mahsulotlarni ishlatib ko‘rishlari mumkin, ularning orasida aromaterapiyali dush va isitiladigan hojatxona o‘rindig‘i ham bor. Onlayn xaridlar avj olgan bir paytda, Pirch virtual bo‘lmagan do‘konlarga mijozlarni jalb etish borasida yetakchidir.

9. Kohl's yana univermag konsepsiyasini ochyapti va Macy's dan to WalMartgacha tahdid solyapti.

Bella Torn Los-Andjyelesdagi Kohl's ning Candie tovar belgisi mahsulotlarini sotib olyapti.

Bosh ofis: Menomoni Fols, Viskonsin

Tashkil etilgan yili: 1962

Buning nimasi g‘alati: Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, Kohl's (NYSE: KSS) univermaglari amerikalik ayollarning kiyim sotib olishni yoqtiradigan sevimli joyidir. U qadar katta bo‘lmagan tarmoq Nike, Vera Wang yoki Izod kabi mahalliy brendlarga taasurot hadya qiladigan chegirmalar taqdim etadi. Tahlilchilarning aytishicha, muvaffaqiyatli shartnomani izlab topish hissi chegirma ovchilarini yana va yana kelishga undaydi. Brendlarning o‘ylangan birikmasi va narh siyosati har kuni arzon narhlarni taklif etuvchi WalMart (NYSE: WMT)ga o‘xshash raqobatchilarga katta salbiy ta'sir ko‘rsatyapti.

10. EDITD mijozlari xaridlarini riteylerlarga real vaqt rejimida namoyish etmoqda

Bosh ofis: London

Tashkil etilgan vaqti: 2009

Buning nimasi g‘alati: EDITD chakana savdoda faoliyat yurituvchi Target, Gap yoki Asos kabi kompaniyalarga yordam beruvchi texnologik kompaniya bo‘lib, ularga “kerakli mahsulotlarni kerakli joy va kerakli vaqtda” taqdim etishni o‘rgatadi. Kompaniya insonlar real vaqt rejimida sotib olayotgan narsalarini kuzatadi. Bu esa riteyterlarga merchendayzing bo‘yicha asoslangan qarorlar qabul qilish va tezkorlik bilan zahiralarni to‘ldirish imkonini beradi.

11. Trader Joe's brend mahsulotlarni yuqori o‘rinlardan tushirmoqda.

Bosh ofis: Monroviya, Kaliforniya

Tashkil etilgan vaqti: 1958

Buning nimasi g‘alati: Trader Joe kvadrat metr savdolari Whole Foodsga qaraganda ikki marta ko‘proq, biroq u brendlarning u qadar ko‘p bo‘lmagan miqdoriga tayanadi. Iste'molchilar Trader Joe's mahsulotlarini sifatli va arzon deb hisoblaydilar (ko‘plab asosiy mahsulotlar narxi boshqa sotuvchilar mahsuloti narlariga qaraganda ikki marta arzon). Yana bir muhim jihati uy uchun mo‘ljallangan mahsulotlarning betakrorligidir.

Eng mashhur mahsulotlar orasida chili va laym solib tayyorlangan tovuqli kotlet, “yog‘li pechene” (pechene ta'mli yeryong‘oq pastasi) va jo‘xori va chili solingan salsa bor.

12. Lululemon so‘nggi o‘n yillikda moda dunyosida yirik inqilob hisoblangan "Athleisure" uslubi harakatini boshqargan.

Bosh ofis: Vankuver, Britaniya Kolumbiyasi

Tashkil etilgan vaqti: 1998

Buning nimasi g‘alati: Lululemon (NASDAQ: LULU) ehtimol ayollarga ular doimiy tarzda kiyib yurishni istagan, mashq qilish uchun mo‘ljallangan kiyimlarni taklif etgan ilk kompaniyadir. Endilikda tahlilchilar fikriga ko‘ra, bu "athleisure" deb nomlangan uslub ko‘plab brendlar assortimentining ajralmas qismiga aylangan.

Hozirda kompaniyaga taqlid qiluvchilar sifatida Nike va Under Armourlarni keltirish mumkin. Lululemon hali ham yangiliklar kiritishni davom ettirmoqda. Shuningdek, kompaniya yosh qizlar uchun ivivva liniyasini ham kengaytiryapti.

13. Pet Food Express bozorni uy hayvonlari ovqatlarini ishlab chiqarish sohasida “ongli kapitalizm” sari yetaklamoqda.

Pet Food Express asoschilari o‘z uy hayvonlari bilan.

Bosh ofis: Oklend, Kaliforniya

Tashkil etilgan vaqti: 1986

Buning nimasi yomon: Kaliforniyada 50 dan ortiq do‘konga ega bo‘lgan Pet Food Express nima uchun bu qadar mashhur ekanligini aniqlash u qadar mushkul emas. Kompaniya narxlarni raqobatchilariga qaraganda 10 foiz pastroq ushlab turadi va do‘konlarga uy hayvonlari bilan kirishga ruxsat beradi.

Shuningdek, u hayvonlarga yordam ko‘rsatishda ham o‘z vositalari bilan ishtirok etadi. 2013 yilning o‘zida buning uchun 1,7 mln dollar ajratgan. Pet Food Express yana o‘z ishchilariga qulay mehnat haqi va imtiyozlar taklif etadi hamda ishlash uchun yaxshi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

14. Swipely kichik biznesga marketing va to‘lovlar uchun “barchasi birda” biznes platformasini taklif etadi.

Bosh ofis: Providens, Rod-Ay lend

Tashkil etilgan vaqti: 2009

Buning nimasi g‘alati: Swipely — minglab chakana savdogarlar va restoranlarga mijozlarni jalb etish va ushlab qolish borasida yordam beruvchi platformadir.

Kompaniya kassada, savdo va mijozlarga tegishli bo‘lgan ma'lumotlarni kuzatadi, shu asnoda sotuvchi savdoning aynan qaysi texnikasi muvaffaqiyatli ekanini baholash imkoniga ega bo‘ladi. Swipelydan foydalanuvchi kompaniyalar yillik savdolari hajmi umumiy hisobda 4 mlrd dollar ekanligini aytishgan.

15. GameStopning betakror strategiyasi Blockbuster qismatini chetlab o‘tishda qo‘l kelmoqda.

Bosh ofis: Greypvayn, Texas

Tashkil etilgan vaqti: 1984

Buning nimasi g‘alati: Ko‘pchilik elektron tijorat davrida video o‘yinlar bilan savdo qiluvchi GameStop (NYSE: GME) tarmog‘i ham kitob, musiqa va videolar taklif etadigan do‘konlar izidan boradi, deb o‘ylashardi.

Biroq GameStop mijozlarni raqamli ko‘rinishi uchun ham internetga murojaat etmay, real do‘konlarga kelishlariga erishdi. U chakana savdo joylarini yoshlar suhbatlashishi va fikr almashishi mumkin bo‘lgan joyga aylantirdi, bu esa onlayn raqiblar uning biznesiga ziyon yetkazi olmasligini anglatadi. Kompaniya, shuningdek, eski o‘yin va dasturlarni sotib olish xizmatini ham joriy qilgan.

16. Stitch Fix ayollar shoppingini o‘zgartirmoqda.

Bosh ofis: San-Frantsisko

Tashkil etilgan vaqti: 2011

Buning nimasi yomon: Stitch Fix xaridning eng murakkab qismi bo‘lgan tanlovni bartaraf etadi. U yordamida ayollar o‘zlariga yoqqan kiyimni topish uchun do‘konlarga kelishi yoki saytlarni kuzatishi shart emas.

Kompaniya uslubchilari umume'tirof etilgan uslub qoidalariga o‘lcham, tuzilishga qarab, mijozlar uchun tovarlarni tanlab berishadi va har oy garderobning tanlab olingan buyumlari bilan to‘lgan qutini ularga yuborishadi. Mijozlar kiyimni uyda kiyib ko‘rib, o‘ziga yoqmaganlarini orqaga qaytarib yuborishi mumkin.

Vaqt o‘tishi bilan, xizmat mijozlar istagini aniqlash bo‘yicha yanada aniqlikka erishmoqda, bu esa o‘zaro aloqa natijasida sodir bo‘lyapti.

17. Aldi qanday qilib Wal-Mart qaraganda arzon sotishni o‘ylab topdi, natijada savdolar o‘smoqda.

Bosh ofis: Essen, Ger ma niya

Tashkil etilgan vaqti: 1913

Buning nimasi g‘alati: AQShdagi eng yaxshi oziq-ovqat do‘koni hisoblangan Aldi Wal-Martda giga qaraganda arzon bo‘lgan narxlarni saqlab qolyapti, bunga o‘z brendi ostidagi mahsulotlarni taklif etish orqali erishmoqda. Aldi mijozlardan o‘z sumkalari bilan kelish va sotib olingan mahsulotlarni o‘zlari solish orqali mablag‘ini tejamoqda.

Tarmoqdagi do‘konlar soni deyarli 1,3 mingta bo‘lib, asosan, G‘arb va Sharqda joylashgan va yaqin besh yil ichida yana 650 ta savdo markazini ochishni rejalashtirgan.

18. Abine iste'molchilarni “qalbaki” kredit kartalari yordamida xakerlardan himoya qilyapti.

19. Interior Define mebelga buyurtma berish imkonini taqdim etmoqda.

Bosh ofis: Chikago

Tashkil etilgan vaqti: 2014

Buning nimasi g‘alati: Interior Define mebelni buyurtma asosida loyihalashtiradi va mijozlarga barcha xususiyatlar, hatto o‘lcham, ko‘rinish, rang, matolarni ham o‘zi belgilashiga ruxsat beradi.

Interior Definelagi har bir tovar o‘rtacha 1,7 ming dollar turadi, biroq hozircha dizaynerlik brendlarini taklif etolmaydi.

20. Amazon “talab etilgan iqtisodiyot”da inqilobni amalga oshiryapti.

Bosh ofis: Sietl

Tashkil etilgan vaqti: 1994

Buning nimasi g‘alati: Amazon (NASDAQ: AMZN) innovatsiyalar oqimini to‘xtatmayapti. Bu yili o‘zining Prime dasturida ishtirok etuvchi qatnashchilariga mahsulotlarni Nyu-York bo‘ylab bir soat ichida yetkazib berishni taklif eta boshladi.

Shuningdek, kompaniya Dash Button nomli yangi gadjyet chiqarilishini ma'lum qildi, u mijozlarga yuvish vositalari kabi uy anjomlariga ular tugab qolganida buyurtma berish imkonini yaratadi.

21. CVS ning yangi loyihasi sigaretalar savdosiga chek qo‘yadi, bu betakror biznes strategiyadir.

Bosh ofis: Vunsoket, Rod-Aylend

Tashkil etilgan vaqti: 1963

Buning nimasi g‘alati: CVS dorixonalar tarmog‘i o‘tgan yili o‘z do‘konlarida sigaretalar va boshqa tamaki mahsulotlari sotilmasligini ma'lum qilib, chakana savdo dunyosini o‘z qarori bilan lol qoldirdi, “sog‘liqni saqlash joyida tamakiga o‘rin yo‘q” ligini aytib o‘tdi. 

Qaror CVS (NYSE: CVS)ga deyarli yillik daromadning 2 mlrd dollariga tushishi kutilayotgan edi, biroq dorixona tarmog‘i yo‘qotilgan daromad qismini mijozlar uchun yaratilgan Caremark mukofot dasturi yordamida to‘ldirish imkonini berdi. Unga ko‘ra mijozlar tamaki mahsulotlari sotiladigan dorixonalarda dorilarni retsept asosida sotib olishlari belgilangan. O‘zgarish esa mijozlarga CVSga o‘tib ketish uchun yangicha ishtiyoq bag‘ishlaydi.

22. Restoration Hardware ulkan “dizayn gallereyalari”ni ochmoqda, savdolar avjida..

Bosh ofis: Korte Madera, Kaliforniya

Tashkil etilgan vaqti: 1980

Buning nimasi g‘alati: Chakana savdo korxonalari do‘konlarini yopib, ularni to‘ldirish darajasini pasaytirayotgan bir vaqtda Restoration Hardware (NYSE: RH) yanada yirikroq do‘konlarni ochmoqda, savdolar esa ko‘tarilmoqda.

Kompaniya oddiy do‘konlarga qaraganda ulkan bo‘lgan “dizayn galleriyalari”ni ochmoqda va mahsulotlarning yanada ko‘proq tanlovini taklif etyapti. 2014 yilda Restoration Hardware savdolari ko‘rsatkichi 20 foizga ko‘tarildi.

23. TJ Maxx yana chegirma g‘oyasini ilgari suryapti.

Bosh ofis: Framingem va Mal bo ro, Massachusets shtati

Tashkil etilgan vaqti: 1976

Buning nimasi g‘alati: TJ Maxx (NYSE: TJX) AQShdagi eng mashhur kiyimlar do‘koni sifatida e'tirof etilgan. Marshall va Home Goods kabi diskaunterlarga ega bo‘lgan kompaniya ko‘pincha o‘z do‘konlarini yangi mahsulotlar bilan to‘ldiradi, biroq har bir mahsulot miqdorini cheklaydi, bu esa chegirma ovchilarini yana va yana kelishga undaydi.

Bundan tashqari, kompaniya mijozlarni chiqimlarni past darajada saqlashga o‘rgatadi.

24. Wanelo onlayn-shopping asoslarini o‘zgartirmoqda.

Bosh ofis: San-Fran tsis ko

Tashkil etilgan vaqti: 2011

Buning nimasi yomon: Wanelo internet-do‘kon mijozlari uchun mashhur hamjamiyat bo‘lib, u yerda foydalanuvchilar sevimli mahsulotlarining suratlarini almashadilar. Pinterestdan farqli ravishda, Waneloda mahsulotni ustida amalga oshirilgan klik ularni bevosita sotib olish mumkin bo‘lgan saytga yuboradi. 2013 yil avgustidan 2014 yil avgustigacha bir yil davomida Wanelo foydalanuvchilari soni 1 mlndan 11 millionga o‘sdi.

Demak, bu maqoladan shunday xulosa chiqarish mumkinki, savdolar hajmini yuqori darajaga yetkazish va erishilgan natijani oshirib borish uchun do‘konlar turli strategiyalardan foydalanadilar. Yuqorida nomlari keltirilgan kompaniyalar xorijda faoliyat olib borishiga qaramay, biz ham uni yurtimiz kompaniyalari faoliyatida qo‘llashimiz mumkin. Bu esa oramizdagi tadbirkorlik sohasida ish olib boruvchilarga kompaniya va xususiy korxonalaridagi savdolar hajmini oshirish va yaxshi natijalarga erishish imkonini beradi.

Manba: XABARDOR.UZ

Top