Nikosiya shahrining “APOEL” futbol jamoasi Kipr chempionatining so‘nggi 32-turida mehmonda “Ermis” ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, 24-marotaba mamlakat chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.
Avvalroq “APOEL” Kipr Kubogi finalida “AYeL” ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozongan edi. Shu tariqa jamoa ushbu mavsumda “oltin dublni” amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.