15:58 / 25.05.2015
2168

“Yevrovideniye” finali Twitter’dagi sharhlar miqdori bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Twitter ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari “Yevrovideniye-2015” musiqiy tanlovining final bosqichini muhokama qilish jarayonida 6 mln xabar yozgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda tanlovning ushbu tarmoqdagi sahifasi orqali ma'lum qilindi.

Qayd qilinishicha, 2014 yilda muhokamalar jarayonida 5 mln ta sharh qoldirilgan edi. Bu yilgi ko‘rsatkich 1 mln xabarga ko‘proq bo‘ldi. Shu tariqa, “Yevrovideniye”ning bu boradagi rekordi yangilandi.
Eng ko‘p tvitlar Shvetsiya, Ispaniya, Rossiya vakillarining chiqishlariga bag‘ishlandi. Shuningdek, Gruziya, Ispaniya va Avstraliya vakillarining chiqishlari chog‘ida Twitter foydalanuvchilari orasida eng katta faollik kuzatildi.

Top