20:57 / 25.05.2015
2113

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti keyingi mavsumda “Milan”ga murabbiylik qilmasligini ma'lum qildi

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti keyingi mavsumda “Milan”ga murabbiylik qilmasligini ma'lum qildi.

“Galliani (Adriano Galliani, “Milan” vitse-prezidenti) Madridga keldi, deysizmi? Demak, tushlikka mehmonlar kelar ekanda, bu har doim yoqimli. Biroq uning tashrifi mening rejalarimga hech qanday o‘zgartirish kiritmaydi. Men o‘zimning tanlovimni qilib bo‘ldim.

Biroq men agar Italiyaga murabbiylik qilishga kaytsam, faqatgina”Milan”da ishlashimni doim aytardim.

Bilaman, klubning rejalari katta, ular jamoani qayta qurishga katta sarmoyalar ajratmoqchilar. Biroq bu oson ish bo‘lmaydi, chunki saflarida ulkan o‘yinchilarga ega bo‘lgan jamoalar ularni olib qolishga harakat qiladilar”, deb aytdi Anchelotti.

55 yoshli mutaxassis “Real”dan bo‘shatiladigan bo‘lsa, o‘z umurtqasidagi muammo tufayli jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun bir yilga futboldan ketishini aytmoqda.

Top