08:45 / 25.05.2015
4764

Aktyor Rassel Krou halok bo‘lgan matematik Jon Neshning oilasiga hamdardlik bildirdi

Aktyor Rassel Krou o‘zining tvitterdagi sahifasida avtohalokatda halok bo‘lgan Nobel mukofoti sovrindori, matematik Jon Neshning oilasiga hamdardlik bildirdi.

“Qayg‘udaman... mening xayolarim hozir Jon, Alisiya va ularning yaqinlari bilan birga. Ular yorqin juftlik, ajoyib aql egalari edilar”, deb yozdi aktyor o‘zining blogida.

Rassel Krou “Tafakkur o‘yinlari” filmida Jon Neshning rolini o‘ynagan. Bu film 2002 yilda “Eng yaxshi film” yo‘nalishida “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Ma'lumot uchun, Prinston universiteti matematigi, iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Jon Nesh o‘zining rafiqasi Alisiya Nesh bilan 23 may kuni kechki payt avtohalokatda vafot etdi.

Jon Nesh rafiqasi bilan ketayotgan taksi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi to‘siqqa borib urilgan. Haydovchining o‘zi tirik qolgan, biroq 86 yoshli Nesh va uning 82 yoshli rafiqasi voqea joyida halok bo‘lganlar.

Juftlik Nyu-Jyersi shtatining Priston shahrida yashagan. Nesh Priston universitetida katta ilmiy xodim lavozimida ishlagan.

Top