18:37 / 25.05.2015
2543

ALROS kompaniyasi 78 karatli olmos qazib oldi

Rossiyaning ALROS guruhi xodimlari 78.02 karatli olmos qazib oldi. Kompaniya mutaxassislari uni taxminan 600 ming dollarga baholamoqda.
Tosh qirralarining o‘lchovlari 28,5×28,4×24,2 mm ni tashkil etadi. Matbuot xabarnomasida ta'kidlanishicha, tosh shaffof, sariq-yashil jiloga ega, shuningdek, ikki qirrasida kichik texnogen nuqsonlar bor.
Olmos “Mir” olmos konidan topilgani xabar qilinmoqda.

Top